
Bu yili o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan Termizning "Surxon" jamoasi bir qator futbolchilar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Shunday futbolchilardan yana biri O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Davron Xoshimovdir.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, shu kunlarda futbolchi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Agar ikki tomon masalani ijobiy hal qilishsa, Davron ham katta ehtimol bilan "Surxon" jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Hozirda muzokaralar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari bugun nazorat uchrashuvida "Buxoro"ni yengishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar