
O‘tgan 2018 yilning dekabr oyida yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida o‘tgan jangda argentinalik Nazareno Gaston Ruizni (32, 11 KO, 17, 2 KO) birinchi raundda, 18 soniyada nokautga uchratib, g‘alaba qozongan edi.
Mazkur jangdan so‘ng joriy yilning ilk oyida Jahon boks assotsiatsiyasi "WBA" yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Shohjahon Ergashev (15-0-0, KO14) jadvalning 5-o‘rnidan joy oldi. Avval u ushbu jadvalning yettinchi pog‘onasida borayotgan edi.
Mazkur reyting jadvalining kuchli uchligida Mario Barrios (AQSh), Botir Ahmedov (Rossiya), Hiroki Okada (Yaponiya) bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon o‘zining 16-jangini 15 fevralda Kanzas shtatidagi (AQSh) Malvan shahrida o‘tkazadi. Unda bokschimiz amerikalik yengilmas bokschi Mikal Foksga (19-5-0)qarshi ringga ko‘tariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar