Sulsher MYu tarixiga kirdi. Bunaqasi xatto Aleks Fergyusonda ham bo‘lmagan

Sulsher MYu tarixiga kirdi. Bunaqasi xatto Aleks Fergyusonda ham bo‘lmagan
Xabaringiz bor kecha “Manchester YunaytedAngliya kubogi 1/16 finali doirasida safarda “Arsenal” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, bu Ole-Gunnar Sulsherning MYu boshqaruvidagi ketma-ket 8-g‘alabasi bo‘ldi. Bu esa klub tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Xatto, “Yunayted” tarixidagi eng yaxshi murabbiy deya e’tirof etiladigan Aleks Fergyuson ham o‘zining debyut mavsumida 8 ta g‘alaba qo‘lga kiritishi uchun 19 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” o‘tgan 8 ta uchrashuvda raqiblari darvozasiga 22 ta gol urgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan 5 ta gol o‘tkazib yubordi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar