
BAAda boʻlib oʻtayotgan Osiyo Kubogi musobaqasida finalchilar maʼlum boʻldi.
Qatar termasi safida Almoyez Ali guruh bosqichining oʻzidayoq 7 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan edi. “Al Duhayl” klubining 22 yoshli hujumchisi yarim finalda BAA darvozasiga bitta gol urdi va Osiyo Kuboklari tarixidagi eng yaxshi toʻpurar Ali Dayiga yetib oldi. Negaki Dayining hisobida 8 ta gol bor. Eronlik sobiq toʻpurar 1996 yilgi Osiyo Kubogida 8 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan.
Maʼlumot uchun, Almoyez Ali 1996 yilning 19 avgustida tugʻilgan. U Qatar terma jamoasida ilk uchrashuvini 2016 yilning 8 avgust kuni Iroqqa qarshi oʻtkazgan.
Osiyo Kubogi toʻpurarlari:
Ali Dayi (Eron) - 8 ta gol, 1996 yil.
Almoyez Ali (Qatar) - 8 ta gol, 2019 yil.
Behtash Fariba (Eron) - 7 ta gol, 1980 yil.
Choy Sun Xo (J.Koreya) - 7 ta gol, 1980 yil. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar