OFK Osiyo Kubogi finalini boshqarib boradigan hakamlar brigadasini tasdiqladi.
1 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan bahsga o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida tayinlangan. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov assistentlik qiladi.
Uchrashuv zaxira hakami sifatida xitoylik Ma Ning tanlangan. VAR tizimini italiyalik Paolo Valeri boshqarsa, unga singapurlik Muhammad Taqi Bin Jahari va avstraliyalik Kristofer Bit yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi uchrashuv juma kuni Abu-Dabidagi «Zayed Sports City Stadium»da Yaponiya va Qatar terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, final ishtirokchilari Ravshan Ermatovga begona emas. O‘zbekistonlik referi qit’a birinchiligi davomida guruh bosqichidagi Suriya – Falastin va Eron – Iroq bahslarida, pley-offda esa Yaponiya – Saudiya Arabistoni hamda Janubiy Koreya – Qatar uchrashuvlarida bosh hakam sifatida ishladi. Final o‘yini Ermatovning turnirdagi 5-o‘yini bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi