
Biroz avval Osiyo kubogi-2019 ham o‘z nihoyasiga yetdi. Abu Dabidagi "Zayed Sports Siti" stadionida o‘tkazilgan final bellashuvida Qatar terma jamoasi Yaponiyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Final o‘yinidan so‘ng musobaqaning eng yaxshilari taqdirlandi.
Qatar terma jamoasi hujumchisi Ali Almoyez 9 ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘ldi.

Bundan tashqari, finalda shedevr gol muallifiga aylangan Ali Almoyez Osiyo kubogi-2019ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Almoyezga sovrin bilan birga 30 ming AQSh dollari miqdorida pul mukofoti taqdim etildi.

Manba: championat.asia
Osiyo KubogiAli AlmoyezQatar TermaYaponiyaning Mag‘lubiEng Yaxshi O‘yinchiMusobaqa To‘purariShedevr GolPul MukofotiZayed Sports Siti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar