«Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi, 2015 yildan buyon klubning asosiy tarkib futbolchisi hisoblangan Rustam Ashurmatov Janubiy Koreyaning «Gvangju» klubiga o‘tdi. Bu haqdagi ma’lumotni bugun «Bunyodkor» tasdiqladi.
Ashurmatov Gvangju shahri klubi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkan.
2015 yilda «Bunyodkor» asosiy tarkibida debyut o‘yinini o‘tkazgan Ashurmatov o‘tgan to‘rt mavsumda chempionatda 91 o‘yin, O‘zbekiston kubogida 19 o‘yin va Osiyo Chempionlar ligasida 13 o‘yinda «qaldirg‘ochlar» sharafini himoya qildi. Bu bahslarda u besh marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Rustam o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo va Jahon chempionatlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. 2018 yil yanvarida Xitoyda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasida (U-23) Osiyo chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Rustam Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ham 5 ta o‘rtoqlik o‘yinida qatnashgan.
Ma’lumot uchun, «Gvangju» klubi 2010 yilda tashkil topgan va nufuzi jihatdan Janubiy Koreyada ikkinchi hisoblanmish Key-Liga 2 musobaqasida ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?