
A Seriyaning 24-turidagi SPAL – «Fiorentina» o‘yini (1:4) VAR tizimi atrofidagi yana bir mojaroli vaziyat bilan yodda qoladigan bo‘ldi.
O‘yinning 74-daqiqasida SPAL gol urib, 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Ammo VAR referisi bosh hakam Luka Perottoga murojaat qilib, uni videotakrorni kuzatishga chaqirdi. To‘p kiritilishida hech qanday qoidabuzarlik bo‘lmagani ayon edi, ammo hakam mezbonlar gol bilan yakun topgan qarshi hujumga o‘tishdan oldin o‘z jarima maydonlarida fol ishlatishganini qayd etdi va golni bekor qilib, SPAL darvozasiga penalti belgiladi. Mehmonlar a’zosi 11 metrlik nuqtada adashishmadi va tablodagi 2:1 hisobi o‘rnini 1:2 egalladi.
天国から地獄。SPALの勝ち越しゴールかと思いきやその前のDFのチェックがVARになりフィオレンティーナがPK獲得→逆転!#SPAL #フィオレンティーナ #セリエA pic.twitter.com/VSiwSYKRrO
— Footidiota (@footidiota) February 17, 2019
Yetti daqiqa ichida quyidagicha voqealar rivoji kuzatildi:
72:45. SPAL futbolchisi o‘z jarima maydonida qoidani buzdi.
73:20. SPAL qarshi hujumni gol bilan yakunladi.
74:55. Hakam VAR`ga murojaat qildi.
76:35. Hakam mezbonlar golini bekor qilib, ular darvozasiga penalti belgiladi.
78:16. «Fiorentina» futbolchisi penaltidan gol urdi.
Mehmonlar ushbu goldan so‘ng yana ikkita to‘p kiritib, yakunda 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar