13:03 / 19.02.2019
3 708

Bolgariyada 4 nafar bokschimiz oltin medal uchun kurashadi

Bolgariyada 4 nafar bokschimiz oltin medal uchun kurashadi
Bir necha kundan beri Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha xalqaro “Stranja” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi an’anaviy musobaqa 70-yubiley hisoblanadi.
Mazkur musobaqada dunyoning 42 davlatidan 350 nafarga yaqin bokschisi o‘zaro g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. Ular orasida jahon va Olimpiya o‘yinlari chempionlari ham bor.
Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotchilar turnirga 32 ta delegatsiyani taklif qilishgan. “Stranja-2019” turnirida eng katta delegatsiya AQShdan tashrif buyurgan. Ular 42 nafar sportchi bilan qatnashmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi esa 9 nafar sportchi bilan ishtirok etib, bugungi final bahslariga 4 nafar bokschimiz yetib kelishdi.
Vakillarimiz ishtirokidagi final juftliklari bilan tanishing.
52 kg:
Xudoynazar Fayzov (O‘zbekiston) – Daniel Asenov (Bolgariya)
56 kg:
Abdulhay Shorahmatov (O‘zbekiston) – Mirazizbek Mirzahalilov (O‘zbekiston)
69 kg:
Bobo-Usmon Boturov (O‘zbekiston) – Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston).
Shuningdek, Shunqor Abdurasulov yarim finalda imkoniyatni boy berib bronza medal bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha “Stranja” kubogi jahondagi eng oldingi musobaqalardan biri hisoblanadi. Turnir ilk marta 1950 yilda o‘tkazilgan va shundan beri har yili tanaffussiz o‘tkazib kelinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bolgariyada 4 nafar bokschimiz oltin medal uchun kurashadi