18:42 / 23.02.2019
3 456

«Lokomotiv» klubi O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi

«Lokomotiv» klubi O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Superkubogi uchun kechgan bahsda Toshkentning "Lokomotiv" klubi Olmaliqning "AGMK" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O‘yin "temiryo‘lchilar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Lokomotiv" tarkibida Temurxo‘ja Abduxoliqov va Yovan Jokich gol muallifiga aylanishdi. AGMK jamoasining bitta javob golini Zafar Polvonov kiritdi.
Shu tariqa "Lokomotiv" jamoasi o‘z tarixida 2-marta O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.

O‘zbekiston Superkubogi-2019
"Lokomotiv" - AGMK 2:1
Gollar:
T.Abduholiqov 12, Y.Jokich (74) - Z.Polvonov (77)
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev (88.Igor Yelich, 68), Davron Hoshimov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzayev, Yovan Jokich, Diyor Turopov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Husniddin G‘ofurov.
AGMK: Suhrobjon Sultonov, Mirjamol Qosimov (Jasur Hakimov, 62), Dilshod Jo‘rayev, , Bobur Yo‘ldoshev, San’at Shixov, Zafar Polvonov, Jasur Hasanov, Mirolyub Kostich (Marko Zochevich, 39), Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» klubi O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi