Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov ham ishtirok etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda tomonlar 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonning Toshkent hamda Samarqand shaharlarida o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yirik kompleks musobaqa uchun yangi sport inshootlari va Olimpiya shaharchasini qurish, logistika, qulay transport marshruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish mexanizmi, o‘yinlar translyatsiyasi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
XXI Osiyo o‘yinlarni qabul qilish uchun shuningdek, Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar da’vorgarlik qilishmoqda.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Assambleyalaridan birida Osiyo o‘yinlari-2030 mezbonligi bo‘yicha o‘z taqdimotini o‘tkazishiga kelishib olindi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham 2018 yilda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida O‘zbekiston kelgusida Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishini aytib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi