PFL “Coca-Cola”dan qancha homiylik puli oladi?

PFL “Coca-Cola”dan qancha homiylik puli oladi?
Kecha Axborot va kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda PFL bosh direktori yordamchisi Diyor Imomxoʻjayev yangi mavsumda nima sababdan Superliganing bosh homiysi oʻzgarganiga izoh berib oʻtdi.
Coca-Cola” mavsum avvalida “Pepsi”ning taklifiga nisbatan biroz koʻproq pulga ega boʻlgan shartnoma taklif qildi, ammo ozgina pul uchun eski qadrdondan voz kechish niyatimiz yoʻq edi.

5 mart kuni “Pepsi” bilan yangi shartnoma tuzilishi kerak edi. Biroq “Coca-Cola” 4 mart kuni yangi taklif bilan chiqdi va ushbu taklif “Pepsi”nikidan ikki barobar katta edi. Kelishuvning aniq summasini ikkinchi tomonning soʻrovi bilan ayta olmayman", - dedi Imomxoʻjayev.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar