18:52 / 07.03.2019
3 232

Superliganing 2019 yilgi mavsumiga yangi logotip tasdiqlandi

Superliganing 2019 yilgi mavsumiga yangi logotip tasdiqlandi
Ertadan futbol boʻyicha mamlakat chempionati yangi mavsumi rasman start oladi. Coca Cola kompaniyasi Superliganing 2019 yilgi mavsumi uchun titul homiy boʻlish huquqini qoʻlga kiritgan. Endilikda milliy chempionatimiz yuqori divizioni Coca Cola Superligasi deya ataladi, deb xabar berdi OʻFA matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2019 yilgi Coca Cola Superligasi logotipi tasdiqlandi. Ushbu logotip asosan qizil va oq ranglar uygʻunligidan iborat boʻlib, Superliganing barcha uchrashuvlari anons, afisha, oʻyinlarga oid dasturnoma va reklama bannerlarida aks etadi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi rasmiy logotipi bilan bir qatorda 2019 yilgi mavsum davomida Coca Cola Superligasi uchrashuvlariga oid maʼlumotlar taqdim etishda ushbu logotipdan ham birdek foydalaniladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Superliganing 2019 yilgi mavsumiga yangi logotip tasdiqlandi
[/banner_pushhouse