
Italiya chempionatining 27-turidan oʻrin olgan “Yuventus” – “Udineze” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Alyans Stedium”da kechgan bahsda mezbonlar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi.
Turinliklar safida 19 yoshli futbolchi Moyze Kin dubl qayd etgan boʻlsa, Emre Jan va Bles Matyuidilar bir martadan raqib darvozasini ishgʻol etishdi. Mehmonlarning yagona javob toʻpini Kevin Lazanya urdi.
Shu tariqa, “Yuventus” ochkolarini 75 taga yetkazib olgan holda ikkinchi oʻrindagi “Napoli”ni 19 ochkoga ortda qoldirmoqda.
A Seriya, 27-tur
Yuventus – Udineze 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 11 Kin, 2:0 – 39 Kin, 3:0 – 67, penalti Jan, 4:0 – 71 Matyuidi, 4:1 – 84 Lazanya.
Yuventus – Shchensni, Kaseres, Bardzali (Bonuchchi, 25), Rugani, Spinassola, Jan, Bentankur, Aleks Sandro, Bernardeski, Matyuidi (Dibala, 72), Kin (Nikolussi-Kavilya, 80).
Udineze – Musso, De Mayo, Trost-Ekong, Nyuytink (Opoku, 25), ter Avest (Sandro, 62), Larsen, Uilmot (Lazanya, 46), Fofana, Zegelar, Pussetto, de Paul.
Ogohlantirishlar: Larsen (27), Pussetto (50), Opoku (53). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.