Ispaniya chempionatining 27-turidan oʻrin olgan “Barselona” – “Rayo Valyekano” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Kamp Nou”da boʻlib oʻtgan bahsda mezbonlar irodali gʻalabani qoʻlga kiritishdi.
Uchrashuv katalonlarning hujumlari bilan boshlangan boʻlsada, birinchi boʻlib hisobni ochish mehmonlarga nasib etdi. 24-daqiqada Raul de Tomas madridliklarni oldinga olib chiqdi.
Shundan soʻng tashabbus butkul maydon egalari tomoniga oʻtdi. 39-daqiqada Xerard Pike muvozanatni tiklashga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi boʻlim debyutida katalonlar penalti ishlab olishdi, uni Lionel Messi aniq bajarib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Qolgan vaqtda mezbonlar oʻyinni nazorat qilishdi va 82-daqiqada oʻyinga nuqta qoʻyishdi. Luis Suares jamoasining chiroyli kombinatsiyasini gol bilan yakunladi.
Shu tariqa, “Barselona” ochkolarini 63 taga yetkazib olgan holda yakka peshqadamlikda davom etmoqda.
La Liga, 27-tur
Barselona – Rayo Valyekano 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 24 de Tomas, 1:1 – 38 Pike, 2:1 – 51, penalti Messi, 3:1 – 82 Suares.
Barselona – ter Stegen, Pike, Nelson Semedu, Alba, Umtiti, Artur (Dembele, 46), Vidal, Buskets (Malkom, 85), Koutino (Rakitich, 80), Suares, Messi.
Rayo Valyekano – Dimitriyevski, Galves, Advinkula, Velaskes, Moreno, Garsiya (Embarba, 80), Imbula, Bebe, Komesanya, Amat (Poso, 64), de Tomas.
Ogohlantirishlar: Velaskes (68), Buskets (79).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi