
OCHL-2019 guruh bosqichi 2-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” - “Al Ahli” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Shota Arveladze va Yegor Krimes ishtirok etishdi.
“Guruhimiz juda kuchli. Qiyin va shiddatli oʻyinlar oʻtkazdik. Eronda ham, pley-offda ham. Ertaga ham shunday boʻlishini kutayapman. Ammo uyda doim oʻynash yaxshi”, - deydi Shota Arveladze.
“Guruhdagi istalgan bahs ogʻir boʻladi. Yaxshi tayyorlandik. Raqibni oʻrganib chiqdik. Kuchli va kuchsiz tomonlarini bilamiz. Oʻyinga tayyormiz”, - deydi Krimes.
- Raqib safida alohida ajratib koʻrsata oladigan futbolchi bormi?
- Aniq bir futbolchini ayta olmayman. Ularning hujum chizigʻi kuchli, Saudiya Arabistoni chempionatida har oʻyinda oʻrtacha 2tadan gol urmoqda.
- Jarohat olganlar maydonga tushishga tayyormi?
- Barcha yigitlar safga qaytishdi va mashgʻulotlarga qoʻshilishdi. Umid qilamanki ular ruhan ham tayyor boʻlishadi.
- Sidiqov kelishi jamoaning oʻyin uslubi, sxemasini oʻzgartiradimi?
- U hujumkor yarim himoyachi. Uning kuchli tomonlaridan foydalanishga harakat qilamiz.
- Nima uchun barcha matbuot anjumanlariga faqat Yegor Krimes kelmoqda? Bu “Paxtakor”ning yutqazmayotgani bilan bogʻliqmi? Chunki u kelgan matbuot anjumanidan keyin ijobiy natija qayd etayapsizlar.
- Krimes jamoa sardori. Agar keyingi oʻyinlarda boshqa futbolchini chaqirsangiz ularni olib kelamiz. Istasangiz 3 nafar futbolchini olib kelamiz.
- Umar Al Somaning eng kuchli tomonlarini ayta olasizmi?
Yegor Krimes: - Yuqori darajadagi hujumchi. Al Soma jarima maydoni ichida juda xavfli.
- Ertangi bahsdan oldin muxlislarga nima deysiz?
Yegor Krimes: - Uyda bizni faqat gʻalaba qoniqtiradi. Yaxshi oʻyin boʻladi, kelib “Paxtakor”ga muxlislik qilishlarini soʻrardim. Soʻnggi bor stadionimiz toʻlganiga ancha boʻldi. Eronda minglab muxlislar qarshisida oʻynash bizga manzur boʻldi.
Narzulla Saydullayev
Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar