
Ispaniya chempionatining 28-turidan oʻrin olgan “Real” – “Selta” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Santyago Bernabeu” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda mezbonlar ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritishdi.
Uchrashuv kutilganidek madridliklarning hujumlari bilan boshlandi. Maydon egalari gol urish uchun bir qancha imkoniyatlarga ega boʻlishdi, biroq tanaffusga qadar hisob oʻzgarmadi.
Ikkinchi boʻlim debyutida Luka Modrich uzoq masofadan raqib darvozasini ishgʻol qilgandi, biroq videtakrorlardan soʻng ofsayd borligi aniqlandi va bu gol bekor qilindi.
62-daqiqada Isko jamoasining chiroyli kombinatsiyasini golga aylantirdi. 77-daqiqada Garet Beyl Merseloning uzatmasidan soʻng hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.
Shu tariqa, “Real” Zidan qaytganidan keyingi ilk oʻyinni gʻalaba bilan yakunladi.
La Liga, 28-tur
Real Madrid – Selta 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 62 Isko, 2:0 – 77 Beyl.
Real Madrid – Navas, Marselo, Varan, Ramos, Odriosola, Kroos, Isko (Sebalos, 63), Asensio, Modrich (Valverde, 77), Beyl, Benzema (Dias, 82).
Selta – Blanko, Junka (Xudt, 4), Arauxo, Vaskes, Kostas, Yokushlu (Beltran, 75), Brais Mendes, Lobotka, Bufal (Yulsager, 68), Sisto, Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Beyl (45).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar