Dastavval eʼlon qilinganidek, “Mashʼal”, “Neftchi”, “Shoʻrtan”, “Istiqlol”, “Sherdor”, “Xorazm” klublari A Pro-ligada ishtirok etadi. Ular qatorida eʼtirof etilgan “Orol” klubi esa A Pro-ligada emas, balki B Pro-ligada qatnashish niyatida ekanini maʼlum qildi.
Nukusliklar bu borada PFLga rasmiy murojaat bilan chiqishdi. Ayni paytda davom etayotgan PFL kubogi-2019 musobaqasi gʻolibi A Pro-liga yoʻllanmasiga ega boʻladi. A Pro-ligada boʻsh qolayotgan “Orol” jamoasining oʻrni ham PFL kubogi-2019 finalchisi bilan toʻldiriladigan boʻldi. Natijada musobaqa finaliga yoʻl olgan “Oq-tepa” va “Iftixor” jamoalari A Pro-liga 2019da ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritishdi.
Qayd etish joiz, 22 mart kuni PFL kubogida final uchrashuvi oʻtkaziladi. 23 mart sanasiga esa A va B Pro-ligalari uchun qurʼa tashlash marosimi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi