Oʻzbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 21-25 mart kunlari Xitoyda oʻtkaziladigan “China Cup-2019” musobaqasida ishtirok etishi haqida avval xabar berib oʻtgandik.
Termamizning dastlabki raqibi - Urugvay terma jamoasi mahalliy chempionatda oʻynovchi futbolchilar bilan Xitoyga yetib borishgan edi. Bugundan esa Yevropa qitʼasida toʻp suradigan koʻplab futbolchilar terma jamoa lageriga kelib qoʻshilmoqda.
Jumladan bugun Diyego Godin, Xose Mariya Ximenes, Jonatan Rodriges, Jorjian De Arraskaeta, Maksi Gomes, Federiko Valverde, Kristian Stuani, Marselo Sarachchi, Matias Suares, Diyego Laksalt, Gaston Pereyra, Sebastyan Kouts, Rodrigo Bentankur, Matias Vesino va Martin Kasereslar Xitoyga yetib borishdi.
Ertaga esa Martin Kampanya, Naxitan Nandes va Jovanni Gonsaleslarning kelishi bilan jamoa 22 kishi boʻladi va Oʻzbekistonga qarshi oʻyin uchun toʻliq tarkibda umumiy guruh mashgʻulotlari boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi