
23 mart, shanba kuni professional ringda faoliyat olib borayotgan oʻzbekistonlik bokschi Mahmud Gʻoipov (2 ta gʻalaba, 1 ta nokaut) oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtayotgan boks oqshomida unga mezbon bokschi Vazir Tamoyan raqiblik qildi.
6 raund davom etgan jangda Mahmud ochkolar hisobi boʻyicha raqibiga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, Mahmud Gʻoipov professional boksda ilk marta magʻlubiyatga uchradi.
Eslatib oʻtamiz, Gʻoipov soʻnggi jangida armanistonlik Artush Hovxannisyanga qarshi ringga chiqib, 4 raund davom etgan jangda ochkolar hisobiga gʻalaba qozongandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar