
Bugun Xitoyda “China Sup-2019” musobaqasi oʻz yakuniga yetadi. 3-oʻrin uchun bahsda Oʻzbekiston milliy jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv “Guangxi Sports Center” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi. Soat 16:35dan esa Urugvay va Tailand milliy jamoalari final oʻyinida maydonga chiqishadi.

OʻFA matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, kecha Ektor Kuper boshchiligidagi jamoaning oʻyinoldi mashgʻulotlariga mahalliy futbol maktabi tarbiyalanuvchilari kelishgan

«OʻFA nomidan ularga turli esdalik sovgʻalari taqdim qilindi. Shuningdek, bolajonlar futbolchilarimizdan dastxat olib, ular bilan birgalikda suratga tushishdi.


Mashgʻulotlar ancha quvnoq kayfiyatda oʻtganini taʼkidlash zarur. Terma jamoa futbolchilari turli qiziqarli mashqlarni bajarish orqali jamoaviy ruhni kuchaytirishga, tezkorlik va chaqqonlikni oshirishga intilishdi», – deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar