
Boks boʻyicha birinchi ogʻir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik WBA kamaridan voz kechdi. Bu haqda u oʻzining Instagramʻdagi rasmiy sahifasida maʼlum qildi.
«WBA tashkiloti meni Denis Lebedov bilan jang qilishga majbur qilmoqda. Bu jang boʻlmaydi, chunki men va mening jamoam ogʻir vazn toifasiga oʻtishga qaror qildik. Shu sababli Denis bilan jang qila olmayman.
Men kamardan voz kechaman. Shunchaki u menda boʻlishini xohlamayman, qolganlar jang qilaversin, bu yaxshi. Denisga hamda ushbu kamar uchun kurashadigan barcha bokschilarga omad tilayman. Boks tushing va kamarni qoʻlga kiriting», — dedi Usik.
Shunday qilib, Usik endilikda mutlaq jahon chempioni deb hisoblanmaydi, chunki u birinchi ogʻir vazn toifasida faqatgina 3 ta asosiy kamarga ega.
Eslatib oʻtamiz, Aleksandr Usik WBSS kamari uchun jangda Murad Gassiyevni magʻlub etib, birinchi ogʻir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni boʻlgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar