
Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram Gʻiyosov 26 aprel kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtzishi haqida xabar bergan edik. Ayni paytga kelib, uning ushbu jangdagi raqibi aniq boʻldi, deya xabar bermoqda MOQ.
Bokschimizning maʼlum qilishicha, uning navbatdagi raqibi amerikalik Emmanuel Teylor boʻladi. Mazkur bahs 10 raundga moʻljallangan boʻlib, vakilimiz interkontinental kamari uchun ringga koʻtariladi. Boʻlajak boks kechasi AQSHning Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtishi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, Shahram Gʻiyosov shu paytgacha professional boksda yettita jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan edi. Mazkur jangda ham yurtdoshimizga omad tilaymiz.
Shahram GʻiyosovProfessional BoksEmmanuel TeylorAmerikali BokschiBoks JangiLos-Anjeles O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar