
“Qizilqum” – AGMK uchrashuvidan soʻng mezbonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirdi:
- Oʻzbekiston kubogining amaldagi sohibi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy boshqaruvidagi jamoaga qarshi bahs oldidan biroz hayajon bor edi. Mana 2-tur oʻyinini oʻtkazdik. Sekin-asta futbolchilar formaga kirib borishmoqda. Bugun gʻalaba qilishimiz shart edi, buni uddalay oldik. Gʻalaba qozonganimizdan xursandmiz.
Smit Medina yosh boʻlsa-da ancha texnikasi yaxshi futbolchi. Bugun oʻzidan yaxshi taassurot qoldira oldi. Ishonaman, u hali yanada yaxshi oʻyin namoyish etadi, - dedi murabbiy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar