«Navbahor» - «Bunyodkor» o‘yinidan so‘ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Murod Zuhurov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
- O‘yin qiyin o‘tishini bilar edik. Sababi jamoamiz yosh futbolchilardan tarkib topgan va tajribasi kamroq. Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik va ikkinchi bo‘limda aynan shu tajribaning kamligi bois o‘yinimiz qovushmadi. Ayniqsa jismoniy jihatdan ozgina charchab qolishdi. Yigitlar harakat qilishdi va g‘alaba qozondik hamda muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.
- Uchrashuv penaltilarga boy o‘tdi. Bu haqda fikringiz qanday?
- Bor narsani bor deyish kerak. Hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdimi demak penalti bor. Yigitlar bir oz konsentratsiyani yo‘qotib qo‘yishdi va ketma-ket gol o‘tkazib yuborishimizga to‘g‘ri keldi. Yuqorida aytganimdek tajribasizlik ham ozgina pand berdi.
- Penaltini qaytargan vaziyatingizga kelsak, dastlabkisini qaytara olmadingiz biroq o‘sha futbolchining ikkinchi zarbasini qaytardingiz.
- Ikkinchi penaltida mahoratimni ko‘rsatishga va raqibni chalg‘itishga harakat qildim. Birinchi penaltida raqib menga teskari tomonga tepgan edi, ikinchisida shu tomonga tepishga majbur qildim va qaytardim. Qaytgan to‘p uning oyog‘iga borib tushganida yerda yotgandim, raqib to‘pni darhol tepmagani uchun himoyachilarimiz menga yordamlashib yubordi va to‘pni egallab oldim. G‘alabadan xursandman! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”