Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Abdurasul Ismoilov (4-0, 3 KO) navbatdagi jangini 17 aprel kuni o‘tkazadi.
Ismoilovga shu kuni rossiyalik Aleksandr Golubkov (4-2-1, 2 KO) raqiblik qiladi. Mazkur boks oqshomi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. GoSport.uz xabariga ko‘ra, mazkur boks oqshomi kemada ya’ni ochiq dengizda bo‘lib o‘tadi. Jang kuniga qadar Janubiy Koreyadan yo‘lga chiqqan kema Yaponiyaning ikki shahri va Rossiyaning Vladivostok shahrida ham to‘xtab o‘tadi. Boks oqshomi esa Yaponiya hududidagi ochiq dengizda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreyaning “COCKY BUFFALLO” promouterlik kompaniyasi tarkibida mashg‘ulotlar olib bormoqda. So‘nggi marta u 17 mart kuni janubiy koreyalik Yong Min Kimni (5-3-1, 1 KO) 8 raundlik jangda ochkolar hisobiga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi