Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi – IWF xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, jahon chempionati sovrindori Rustam Jangaboyevning doping namunasi o‘sish gormoni (hGH) bo‘yicha salbiy tahlil natijalarini bergan.
11 aprel kuni IWF saytida joylashtirilgan xabarda aytilishicha, Jangaboyev antidoping qoidalarini buzgani uchun sportdan vaqtincha chetlatildi.
Qayd etilishicha, agar sportchi antidoping qoidalarini buzmagani aniqlansa, unda bu haqdagi tegishli qaror ham e’lon qilinadi.
IWF ish yuzasidan surishtiruv jarayoni yakunlanguniga qadar qo‘shimcha ma’lumot bermasligi aytiladi.
Ma’lumot uchun: Rustam Jangaboyev 1993 yil 25 avgust kuni tug‘ilgan, musobaqalarda 105 kilogrammdan yuqori vazn toifasida qatnashadi. 2018 yilgi jahon chempionati sovrindori, 2017 yil Ashxabodda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari chempioni, Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi