
"Dinamo" - "So‘g‘diyona" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Sergey Lushan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.
"Dinamo"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun raqib o‘ynadi. Biz tomondan hech qanday o‘yin bo‘lgani yo‘q. Hayot davom etadi. Rasman iste’fo berdim. Hozir jamoaga yangi qon kerak. Jamoada yaxshi futbolchilar jamlangan, ammo nimadir o‘xshamadi. Futbolchilarga rahmat aytaman va rasman iste’foga chiqdim", - deydi Sergey Lushan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar