
Italiya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan "Milan" – "Latsio" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. "San-Siro" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egalarining qo‘li baland keldi.
Uchrashuvda hisob 79-daqiqaga kelib ochildi, Frenk Kessie penaltini aniq bajarib, milanliklarga g‘alaba olib keldi.
Shu tariqa, “Milan” ochkolarini 55 taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Latsio” (49) esa 7-o‘ringa tushib ketdi.
A Seriya, 32-tur
Milan – Latsio 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 79, penalti Kessie.
Milan – Reyna, Musakko, Rodriges, Kalabriya (Laksalt, 67), Romanoli (Sapata, 68), Chalxanoglu, Bakayoko, Borini, Kessie, Suso, Piontek (Kutrone, 84).
Latsio – Strakosha, Luis Felipe, Bashtush (Parolo, 81), Acherbi, Milinkovich-Savich, Leyva, Romulo, Luis Alberto, Lulich (Durmisi, 74), Korrea (Kaysedo, 48), Immobile.
Ogohlantirishlar: Romulo (9), Luis Alberto (85), Sapata (90).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing