Rio Olimpiadasi chempioni, ayni paytda professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 11 may kuni o‘tadigan boks oqshomida G‘oibnazarov amerikalik Maykl Foksga qarshi jang olib boradi. Ushbu qarama-qarshilik Arizonada o‘tishi belgilangan.
Maykl Foks shu yilning 15 fevral kuni boshqa bir bokschimiz Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Ta’kidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida g‘alaba qozongan.
Shohjahon Ergashev va Maykl Foks
Foto: SHOWTIME Boxing
“Biz bo‘lajak bahsga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi g‘alabam bilan barcha boks muxlislarini xushnud etaman”, – dedi Fazliddin G‘oibnazarov.
Eslatib o‘tamiz, G‘oibnazarov shu paytgacha professional boksda 7 bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin