
Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 final javob bahsidan oʻrin olgan “Yuventus” – “Ayaks” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Alyans Stedium”da boʻlib oʻtgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Avvaliga Krishtianu Ronaldu jamoasini oldinga olib chiqqan boʻlsa, uchrashuvning 34-daqiqasida Van de Bek yaqin masofadan darvozani ishgʻol qilib hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuv taqdirini “Ayaks”ning sardori Matteys de Ligt hal qildi. U burchakdan oshirib berilgan toʻpni Voysex darvozasiga joylab qoʻydi.
Shu tariqa, “Ayaks” sensatsiya koʻrsatgan holda yarim finalga yoʻl oldi. Uning raqiba ertaga“Manchester Siti” va “Tottenxem” oʻyinidan soʻng aniq boʻladi.
YECHL, chorak final javob bahsi
Yuventus Italiya – Ayaks Gollandiya 1:2 (1:1, 0:1)
Ilk oʻyin – 1:1
Gollar: 1:0 – 28 Ronaldu, 1:1 – 34 van de Bek, 1:2 – 67 de Ligt.
Yuventus – Shensni, Rugani, Aleks Sandro, De Shilo (Joau Kanselu, 64), Bonuchchi, Djan, Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Bentankur, 80), Ronaldu, Dibala (Kin, 46).
Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Veltman, Mazraui (Sinkgraven, 11; Magalyan, 82), van de Bek, Ziyesh (Xuntelar, 88), Tadich, Shene, Neres, de Yong.
Ogohlantirishlar: Jan (69), Ronaldu (90+4). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar