Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo/Okeaniya chempionatining ayollar o‘rtasidagi -52 kg vazn toifasi bahslari yakunlandi.
Ushbu vazn toifasi finalida hamyurtimiz Diyora Keldiyorova mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga qarshi tatamiga chiqib raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Xususan, hamyurtimiz ushbu bahsga qadar avstraliyalik Kimberley Chalmers, koreyalik Da Sol Park, KXDR vakilasi Sim Song Rim kabi raqiblarini ham mag‘lub etishning uddasidan chiqqandi.
Qayd etish lozim, Keldiyorova ushbu g‘alabasi bilan 2020 yilda o‘tadigan Tokio olimpiadasi uchun o‘z hisobiga 350 reyting ochkolarini qo‘shib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi