12:43 / 21.04.2019
2 913

Joze Mourino "Ayaks" klubini qanday qilib yutish kerakligini aytdi

Joze Mourino "Ayaks" klubini qanday qilib yutish kerakligini aytdi
"Manchester Yunayted" klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino "Ayaks" jamoasiga qarshi o‘yin haqida fikr bildirib o‘tdi.
Uning "MYu" jamoasi gollandiyaliklarni 2017 yili Yevropa Ligasi doirasida mag‘lub etgan edi.

"Biz ular bilan ularga yoqmaydigan o‘yin ko‘rsatib yutdik. Ular uzoq uzatmalar, Fellayni, o‘yinning jismoniy qo‘pol bo‘lganidan shikoyat qilishdi, chunki ular bunga qarshi hech narsa qilisha olmadi.

Agar "Ayaks" klubiga qarshi ular istagan futbolni o‘ynasangiz, ularning ustun kelishi ehtimoli katta. Agar "Ayaks" klubi "Barselona" yoki "Liverpul" bilan finalda duch kelsa, ushbu jamoalar kuchli jihatlarini ishga solib gollandlarni mag‘lub etishi mumkin.
Agar senda yuqori saviya bo‘lmasa, o‘yinni rejali tuzib ularga noqulay o‘yinni namoyish qilib mag‘lub etsa bo‘ladi", - deydi Mourino.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino "Ayaks" klubini qanday qilib yutish kerakligini aytdi