Qatar poytaxtida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, atletlarimiz navbatdagi medallarini balandlikka sakrash sektorida qo‘lga kiritishdi.
Qit’ada tengsiz hisoblanadigan Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova Dohada ham birga shohsupaga ko‘tarilishdi. Mazkur qit’a chempionatida g‘oliblik Nadiya Dusanovaga nasib etdi. Hamyurtimiz oltin medalni qo‘lga kiritishi uchun 1.90 metr balandlikdan oshib o‘tishi talab etildi.
Svetlana Radzivil bu safar bronza medali bilan cheklandi. Yurtdoshimiz qozog‘istonlik raqibasi bilan birga bir xil 1.88 metr natija qayd etgan bo‘lsa ham, urinishlar bo‘yicha qo‘shni mamlakat vakilasi ustunlik qildi.
Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoa vakillarining jamg‘argan medallari 3 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?