20:12 / 26.04.2019
3 316

Shahram G‘iyosov - Emmanuel Teylor. Bokschilar ko‘z urishtirishdi (video)

Shahram G‘iyosov - Emmanuel Teylor. Bokschilar ko‘z urishtirishdi (video)
Xabaringiz bor, professional bokschimiz Shahram G‘iyosov AQSh vaqti bilan 26 aprel kuni tunda o‘zining profi boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Uning bu safargi raqibi AQShlik Emmanuel Teylor bo‘ladi. Mazkur bahs 10 raundga mo‘ljallangan bo‘lib, vakilimiz WBA interkontinental kamari uchun ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak boks kechasi AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur jang oldidan bokschilar ko‘z urishtirishdi va matbuot anjumanida qatnashishdi. VIDEO

Ma’lumot uchun, Shahram hozirga qadar profi boksda yettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uning raqibi - 29 yoshli Teylor esa 25 ta jang o‘tkazgan va shularning 20 tasida g‘olib chiqib, qolganida mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jangni MTRK "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov - Emmanuel Teylor. Bokschilar ko‘z urishtirishdi (video)