
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «Persepolis» o‘yini vaqti o‘zgartirildi, deb xabar beradi Toshkent klubining matbuot xizmati.
6 may kuni o‘tkaziladigan bellashuv soat 20:00da boshlanishi belgilangan edi. Endi esa u 18:00ga ko‘chirilgan.
«Paxtakor» klubi matbuot xizmati bu o‘zgarishga «o‘yinga ko‘proq muxlislar kelishi, yosh ishqibozlarga o‘yindan so‘ng qaytishlarida qulayroq bo‘lishini» sabab qilib keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» OChL guruhida 4 tur natijalariga ko‘ra, 5 ochko bilan 3-o‘rinda, «Persepolis» esa 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
PaxtakorPersepolisOsiyo Chempionlar LigasiToshkentBellashuv VaqtiMuxlislar Kelişi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar