Superliga 7-tur doirasidagi "Navbahor" - "So‘g‘diyona" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Navbahor" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman va kelgusi o‘yinlarda bugungi raqibimizga omad tilaman. O‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal etildi. Tezkor gol va ikkinchi o‘tkazib yuborilgan gol barchasini barbod qildi. "Navbahor" bizdan ko‘ra tezkor harakatlandi. Futbolda hech kim bunday holatlardan sug‘urtalanmagan. Kim gol ursa yutadi.
Tanaffusda futbolchilarni ruhlantirishga, 3:0 hisobi bu hali mag‘lubiyat emasligini ta’kidladim. Avvalambor o‘zlarini hurmat qilishlarini so‘radim. Ikkinchi taymda o‘yin biroz yaxshilandi. Lekin natija hammasini ko‘rsatib turibdi. Birinchi bo‘limdayoq uchta gol o‘tkazib yuborish ko‘p. Buni qabul qilish esa oson emas. Sabr qilgan holda kelgusi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Mag‘lubiyatda aynan kimnidir ayblashni istamayman. O‘yinni chuqur tahlil qilamiz va tegishli xulosaga kelamiz. Hozir hech kimni ayblamoqchi emasman.
"Navbahor"ga doim yaxshi munosabatda bo‘lganman. O‘ynagan davrimda yoqimli xotiralar qolgan. Bu yerdagi muhit va jamoa yaxshi. Har bir murabbiy o‘z falsafasi va uslubiga monand seleksiya ishlarini olib boradi. Hozir esa qo‘l ostimdagi futbolchilardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Transfer bozori paytida o‘zimizga kerakli futbolchilarni jalb etish borasida rahbariyat bilan gaplashamiz", - dedi Ulug‘bek Baqoyev.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi