
Kecha Qirg‘izistonning Batken shahri aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha xalqaro turnirga mezbonlik qildi.
Ushbu musobaqaning asosiy jangida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Jasur Mashrapov MMAdagi 3-jangini mezbon jangchi Murat Tagayevga qarshi o‘tkazdi.
Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bunda sportchilar FFC “Falco Fighting Championship” turniri chempionlik kamari uchun kurash olib borishdi va unda o‘zbekistonlik sportchining qo‘li baland keldi.
Bu mag‘lubiyat mezbon yakkakurashchining faoliyatidagi dastlabki mag‘lubiyati bo‘ldi. Bungacha u 4 g‘alaba va 1 durang qayd etgan edi.
Jasur Mashrapov kikboksing va ushu-sanda bo‘yicha sport ustasi va qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni hisoblanadi. MMAda oldingi ikkita jangini g‘alaba bilan yakunlagan.
Manba: sports.uz
O‘zbekistonlik YakkakurashchiJasur MashrapovBatken ShahriFFC Falco Fighting ChampionshipChempionlik KamariAralash Yakkakurash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar