03:47 / 08.05.2019
3 694

"Liverpul" "Enfild"da "Barselona"ga javobsiz 4 ta gol urdi va finalga yo‘l oldi (video)

"Liverpul" "Enfild"da "Barselona"ga javobsiz 4 ta gol urdi va finalga yo‘l oldi (video)
Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan "Liverpul" – "Barselona" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. "Enfild" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda qizillarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv kutilganidek keskin kurashlar ostida boshlandi, maydon egalari 7-daqiqadayoq oldinga o‘tib olishdi. Jordan Xendersonning zarbasidan so‘ng ter Stegen to‘pni qaytaririshga erishdi, qaytgan to‘pni Divok Origi bo‘sh qolgan darvozaga joylab qo‘ydi.

Shundan keyin mehmonlar faollikni oshirishdi va mersisaydlar jarima maydoni atrofida bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limni maydon egalari qator hujumlar bilan boshlashdi va bu o‘z samarasini bermay qolmadi. 54-daqiqada Trent Aleksander-Arnold o‘ng qanotda to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, u yerda Jorjino Veynaldum kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan ko‘p o‘tmay mezbonlar uchinchi golni urishdi, Jerdan Shakiri o‘ng qanotdan havolatib uzatma amalga oshirdi, uni Veynaldum boshi bilan to‘qqizlik burchakka aniq yo‘naltirdi.

79-daqiqada "Liverpul" futbolchilari to‘rtinchi golni urishdi. Aleksaned-Arnold burchak zarbasini ayyorona tarzda bajarib, jarima maydoni ichidagi Origiga tashlab berdi. O‘z navbatida Divok yaqin masofadan to‘pni darvozaga “mixlab” qo‘ydi. Qolgan vaqtda katalonlar kuchli bosimni tashkil qilishdi, biroq darvozani ishg‘ol qilish ularga nasib etmadi.

Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra finalga yo‘l olishdi.

Chempionlar ligasi
1/2 final, javob bahsi
Liverpul Angliya – Barselona Ispaniya 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar:
1:0 – 7 Origi, 2:0 – 54 Veynaldum, 3:0 – 56 Veynaldum, 4:0 – 79 Origi.

Liverpul – Alisson, Robertson (Veynaldum, 46), Matip, van Deyk, Aleksander-Arnold, Xenderson, Fabino, Shakiri (Starridj, 90), Milner, Mane, Origi (Gomes, 85).
Barselona – ter Stegen, Alba, Langle, Serdji Roberto, Pike, Koutino (Nelson Semedu, 60), Rakitich (Malkom, 80), Vidal (Artur, 75), Buskets, Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Fabino (11), Buskets (45), Rakitich (53), Matip (66), Nelson Semedu (75).

Ilk o‘yin – 0:3


"Liverpul"ning to‘rtinchi golini tomosha qiling:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Liverpul" "Enfild"da "Barselona"ga javobsiz 4 ta gol urdi va finalga yo‘l oldi (video)