date
views 2 759

"Lokomotiv" safarda "Al Vahda"ga yutqazib qo‘ydi va guruhda qolib ketdi

"Lokomotiv" safarda "Al Vahda"ga yutqazib qo‘ydi va guruhda qolib ketdi
Abu-Dabidagi "Al Nahayon" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Dastavval 47-daqiqa Temurxo‘ja Abduholiqov hisobni ochdi.

60-daqiqada Igor Yelich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va muvozanat tiklandi. 77-daqiqada esa Leonardu penaltidan Javohir Ilyosov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan dastlabki daqiqada Halil Ibrohim Al Hammadi ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.

Shu tariqa "Al Vahda" hisobidagi ochkolar soni 12 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi. 4 ochkosi bor "Lokomotiv" esa turnirdagi yurishini guruh bosqichidayoq yakunlaydigan bo‘ldi.

"Al Vahda" – "Lokomotiv" 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar:
0:1 - 47 Abduxoliqov, 1:1 - 59 Tagliabyue, 2:1 - 77, penalti Leonardo, 3:1 - 90+1 Xalil .
"Al Vahda": Muhammad Al Shamsi, Rim Chan Vu, Hamad Al Kamoli, Husayn Abbos (Holid Ibrohim, 54), Muhammad Al Menhali, Ahmad Rashid, Leonardo, Ismoil Matar (Tahnon Handam, 90), Nossir Abdulhodi (Mansur Al Harbi, 72), Xalil Ibrohim, Sebastyan Tagliabyue.
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Oleg Zoteyev, Anzur Ismoilov, Igor Yelich, Davron Hoshimov, Yovan Jokich, Azizbek Haydarov (Diyor Turopov, 58), Arslanmurot Amanov, Sardor Mirzayev (Jamshid Iskanderov, 46), Husniddin G‘ofurov (Filipp Rayevats, 78), Timurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxira: Ma’mur Ikromov, Aziz Amonov, Avazbek O‘lmasaliyev, Bobur Ergashev.

Ogohlantirishlar: Ahmad Rashid (37), Leonardo (56), Hoshimov (65).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" safarda "Al Vahda"ga yutqazib qo‘ydi va guruhda qolib ketdi