O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, iyun oyidagi FIFA kunlarida KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgandik. Mazkur o‘yinlar poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar departamenti tomonidan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida milliy terma jamoamiz uchun yana bir kuchli sparring-raqib topildi.
Shu yilning 2 iyun kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Antaliyada Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Turkiya terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 39-pog‘onani egallab turibdi. Terma jamoa tarkibida Italiyaning "Milan", "Sassuolo", Angliyaning "Everton", "Lester", Fransiyaning "Lill", Germaniyaning "Shtutgart", Ispaniyaning "Selta" kabi klublarida to‘p suradigan kuchli futbolchilar bor. Hozirda Turkiya terma jamoasini Shenol Gyunesh boshqarib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin