
Yevropa Ligasi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan "Chelsi" – "Ayntraxt" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. "Stemford Bridj"da bo‘lib o‘tgan bahsda durang qayd etildi.
O‘yin o‘rtacha tempda boshlandi va birinchi bo‘limda ikki tomonda ham bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq ulardan faqat londonliklar samarali foydalana olishdi. 28-daqiqada Eden Azar qanotda faollik ko‘rsatib to‘pni Ruben Loftus-Chikka uzatdi, ingliz futbolchisi jarima maydoniga yorib kirdi va darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi.
Ikkinchi bo‘limni frankfurtliklar faol boshlashdi va bu o‘z samarasini berdi. 49-daqiqada Gachinovichning pasidan so‘ng Luka Yovich darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va mo‘ljalda adashmadi.
Shundan keyin o‘yin tempi yana biroz pasaydi, biroq vaqti-vaqti bilan jamoalar oldingi chiziqda xavfli vaziyatlar yaratishdi. Londonliklar o‘yin so‘nggi borib faollikni oshrishdi va raqibni bosimda ushlashdi. Biroq hisob o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi.
Over-taymlarning dastlabkisi nemislarning ustunligida o‘tdi, 100-daqiqada "qarg‘alar" qarshi hujumdan so‘ng oldinga o‘tib olishlari mumkin edi, biroq darvoza tomon ketayotgan to‘pni David Luis so‘nggi lahzada qaytarib qoldi. Yana bir holatda Dzapakosta xuddi shunday vaziyatda jamoasini qutqarib qoldi.
So‘nggi bo‘limda ham jamoalar hujumkor harakat qilishdi. Biroq hisob o‘zgarmadi va barchasi penaltilar seriyasida xal bo‘ladigan bo‘ldi.
Futbol lotoreyasida omad mezbonlarga kulib boqdi. Shu tariqa, Yevropa Ligasida ham ingliz klublari qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
Yevropa Ligasi
1/2 final, javob bahsi
Chelsi Angliya – Ayntraxt F Germaniya 1:1 (1:0, 0:1, 0:0, 0:0) Pen.: 4:3
Gollar: 1:0 – 28 Loftus-Chik, 1:1 – 49 Yovich.
Chelsi – Arrisabalaga, Kristensen (Dzappakosta, 74), Aspilikueta, Emerson, David Luiz, Kovachich, Jorjino, Azar, Loftus-Chik (Barkli, 86), Villian (Pedro, 62), Jiru (Iguain, 96).
Ayntraxt F – Trapp, Abraam, Falett, Xinteregger, da Koshta, Rode (de Guzman, 70), Kostich, Gachinovich (Gonsalu Pasiyensiya, 118), Xasebe, Rebich (Aller, 90), Yovich.
Ogohlantirishlar: Falett (38), Rode (40), Kovachich (52), Aspilikueta (82), de Guzman (90), Abraam (90), Dzappakosta (120).
Penaltilar seriyasi: 4:3
Ilk o‘yin – 1:1
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar