Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning aprel oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.
E’lon qilingan yangi reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) o‘z vaznida rasman birinchi raqamli da’vogar nomini saqlab qoldi. Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni yaponiyalik Keita Obarani (20-4-1, 18 KO) ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratgan va buning evaziga mart oyi uchun reytingda peshqadamga aylangandi.
Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev mazkur yo‘nalish reytingida mart oyidagi mavqeini saqlab qolgan holda 7-o‘rinda bormoqda.
IBF reytingidan o‘zbekistonlik boshqa bokschilar o‘rin olishmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi