
“Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- Odatdagidek birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik va odatdagidek ikkinchi bo‘limni ko‘ngildagidek boshlay olmadik. Natijada gol o‘tkazib yubordik. Goldan keyin biroz asabiylashdik. Lekin natijani o‘zimiz tomonga o‘zgartira oldik va g‘alaba qozondik. Yigitlardan maydonda borlarini berib harakat qilishganidan mamnunman.
«Qo‘qon-1912» yaxshi jamoa. Bugun teng kuchga ega raqiblar o‘ynadi. Garchi biz g‘alaba qozongan bo‘lsakda, mehmonlardan o‘yin borasida ustunlik qila oldik, deya olmayman. Balki «Qo‘qon-1912»ga hali ham o‘z uyida o‘ynay olmayotgani ruhiy tomondan ta’sir qilayotgandir?!
Manba: fcbunyodkor.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar