"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar faoliyatini "Real Madrid" jamoasida davom ettiradi.
Madridliklar bir necha hafta avval 28 yoshli belgiyalik xavbek bilan kelishib olishgandi.
Rasmiy transfer 29 maydan so‘ng e’lon qilinadi. Xabaringiz bor, Yevropa ligasi finalida "Chelsi" va "Arsenal" o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs shu sanada o‘tkaziladi va bu Azarning "aristokratlar" safidagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi mumkin.
Transfer narxi 100 million yevro atrofida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Azar “Chelsi” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 15 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat