Messi hasadgoʻy yohud jahon futboli yulduzlarining salbiy hislatlari xususida

Inson borki, uning xato va kamchiliklari bor. Xususan jahon futbolida barchani larzaga solib, hayratini oshirgan charm to‘p ustalarining ko‘pchilikga notanish bo‘lgan qirralari bisyor hisoblanadi. Ular ham kamchiliklardan holi bo‘lmagan kishilardir. Quyida e’tiboringizga futbol olamidagi mashhur insonlarning fe’l-avtoridagi salbiy xususiyatlar xususida so‘z yuritamiz.
Lionel Messi – hasadgo‘y
Argentinalik futbolchi chindan ham bugungi kunda jahonning eng kuchli o‘yinchisi hisoblanadi. Uning maydonda ko‘rsatadigan fantastik harakatlarini kuzatib turib, o‘zga sayyoradan kelgan degan fikrga borish tabiiy. Chindan ham u ajoyib harakatlari va takrorlanmas jihatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Biroq uning ham ko‘pchilikga tanish bo‘lmagan salbiy jihati bor. “Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining tarjimaiy holida bir voqeani yozib o‘tgan. Gap shundaki, Gvardiola Messini bir gal o‘yin vaqtida erta alshmashtirgani sababli, ertasi kungi mashg‘ulotga og‘zida alyumin bilan yugurganligini e’tirof etgan. Bu qilig‘i bilan futbolchi murabbiydan jahli chiqqanligini oshkor qilib qo‘ygan. Shuningdek, Messi Ispaniya chempionati doirasida “Granada”ga qarshi o‘yinda sherigi David Vilyaning o‘z vaqtida to‘pni oshirmaganidan jahli chiqib, uni haqorat qilgan. Gvardiolaning aytishicha, Vilya jamoadoshining bunday hatti-harakatidan jahli chiqib, “Barselona”dan ketgan. Vilyadan so‘ng navbat Ibragimovichga etib kelgan. Zlatan kataloniyaga kelganidan so‘ng ko‘pchilikni e’tibori shvesiyalik futbolchiga tushgan. Bundan o‘zini qo‘yaga joy topa olmagan futbolchi murabbiyga ultimatum qo‘yib, bu jamoada men yoki Zlatan o‘ynaydi degan. Natijada, Gvardiola Ibragimovichni sotib yuborishga to‘g‘ri kelgan.
Zlatan Ibragimovich – kekaygan yulduz
Ibra jahonning eng boy futbolchilaridan biri hisoblanadi. “PSJ”da millionlab mablag‘ni ishlab topayotgan futbolchining bolaligi ancha og‘ir kechgan. U qashshoq muhojirlar uchun ajratilgan kvartalda yashagan. Qolaversa, ota-onasi ajrashib ketishganidan so‘ng etim qolgan. Shunday qiyinchiliklardan keyin mashhurlikga erishgan insonlar kamtarin bo‘lishga odatlanadi. Biroq qahramonimizda buni aksini ko‘rish mumkin. U kibrga berilganligiga ko‘plab misollarni keltirsa bo‘ladi. Xususan shu yilning aprel oyida futbolchi Fransiya haqida keraksiz gaplarni aytgani uchun tanqidlar ostida qoldi. 2013 yilda esa “Oltin “To‘p” laurentlari taqdirlashg marosimi avvalida Ibra FIFAni tanqid qilib, o‘zi jahonning eng kuchli futbolchisi deb ta’riflagandi. Boz ustiga “Barselona”da to‘p surgan vaqtida Gvardiola borasida so‘z yuritarkan, uni Joze Mourino bilan solishtirganda, bir uyum ahlatga o‘xshatganligini ham aytish joiz. Xullas, Ibargimovichning ham tili uzun ekanligiga hech kim shubha qilmaydi.
Rayan Giggz – hiyonatkor yulduz
“Manchester Yunayted”ning afsonasi darajasiga chiqa olgan Rayan Giggz naqadar kamtarin va maydonda o‘z ishiga professional tarzda yondoshadigan futbolchi bo‘lishiga qaramay, uning ham salbiy jihatlari borligini unutmasligimiz lozim. Gap shundaki, Rayan Giggz o‘z ukasiga hiyonat qiladi. Ya’ni, ukasi rafiqasi Natasha bilan pinhona uchrashib yurgan. Rayanning ukasi Rodri Natasha bilan sakkiz yil yashagan bo‘lishsa, Giggz shuncha vaqt u bilan don olishib yuradi. Keyinchalik qahramonimiz 2011 yilda fotomodel Imojen Tomas bilan ko‘ngilxushlikni boshlab yuborganidan so‘ng, bundan jahli chiqqan Natasha hammasini oshkor qilmoqchi bo‘ladi hamda buni “San” nashriga bergan intervyusida oshkor qiladi. Bu voqeadan vofiq bo‘lgan Rodri akasining qilmishidan jahli chiqqadi hamda Rayanni ablah ekanligini yashirmaydi. Buni futbolchining o‘ziga ham oshkor qilishdan tolmaydi. E’tiborlisi shundaki, Rayan Giggz qilgan qilmishidan afsusda ekanligini hamon ta’kidlab, ukasidan kechirim so‘rab keladi.
Jon Obi Mikel – bezori
“Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Jon Obi Mikelning ham qilmishi ko‘pchilik uchue namuna bo‘lsa ajabmas. Ya’ni, o‘tgan yilning oktyabr oyida Obi Mikel jurnalist ayolni qorniga tepib yuboradi. O‘sha vaqtda futbolchining ishlari ortga ketgan bir payt hisoblanardi. “Chelsi”da o‘z joyini boshqalarga berib qo‘ygan va asosiy e’tiborini zahirada o‘tkazayotgan yarim himoyachi, ijtimoiy tarmoqda rossiyalik bir qiz bilan urushib qoladi. Qolaversa, terma jamoasi bo‘lgan Nigeriya kutilmaganda Sudanga imkoniyatni boy berib qo‘yadi. Ushbu mag‘lubiyatni sabablarini surishtiruv olib borishga shaylangan juranlistlar Obi Mikelni so‘roqqa tutishadi. Xususan jabrdiyda jurnalist ayol ham uning fikrlarini bilish uchun futbolchiga diktofon tutadi. Bundan jahli chiqqan Jon jurnalist ayolni qorniga tepib, voqea joyidan qochib ketadi. Keyinchalik kechirim so‘rash uchun futbolchi ko‘p marotaba ayolga murojaat qiladi. Uzoq olib borilgan kechirimlardan so‘ng jurnalist ayol ham Jonni aybi uchun qilgan qilmishini unutadi.
Joi Barton - kalamush
Angliyaliklar Joi Bartonni nima uchun yomon ko‘rishlarini bilasizmi? U chindan ham maydonda razil harakatlarni qiladigan futbolchi hisoblanadi. Hakam bilan tortishadi, muxlislarga qarata turli qiliqlar qilishi etmagandek, mashg‘ulotlarga ichib olgan holda kelib, murabbiy bilan tortishadi. Bu uning maydondagi salbiy xususiyatlari hisoblanadi. Bundan tashqari, futbolchi tashqi hayotiga ham havas qilib bo‘lmaydi. Tungi klublarda mushtlashgan, ayollar bilan doimiy aloqada bo‘lib turadigan, bir necha marotaba qamoq jazosiga hukm qilinib, so‘ngra garov evaziga chiqib ketgan Barton chindan ham “kalamush” deyishlariga sabab bor. Joi 2013 yilda o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida angliyalik murabbiylarni “aqlsiz eshak” deb ataydi. Ushbu so‘zlari orasida Xarri Rednapga nisbatan ham ishlatadi. Toza qalbda gina bo‘lmaydi deganlaridek, Rednapp Bartonning bu so‘zlarini unutadi va uni “KPR”ga taklif qiladi. Mana sizga oliyjanoblikni bir namunasi. Barton esa hamon eski qiliqlarini davom ettirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing