16:33 / 17.05.2019
2 849

Rasman: «Yuventus» Allegrining jamoadan ketishini e’lon qildi

Rasman: «Yuventus» Allegrining jamoadan ketishini e’lon qildi
Massimiliano Allegri kelasi mavsumda «Yuventus»ni boshqarmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Turin klubi rasmiy sayti xabar berdi.

«Yuventus» Allegrining jamoadan ketishini e’lon qildi. Biroq murabbiyning ketish sabablari ochiqlanmagan.
18 may kuni «Yuve» direktorlar kengashi rahbari Andrea Anelli hamda Allegri jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis «keksa sinora»ni 2014 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Turinliklar so‘nggi 5 mavsumda Italiya chempioniga aylandi, shuningdek, ikki marta Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. Unda Ispaniyaning ikkita grand klubi — «Barselona»ga 2015 yilda (1:3) va 2017 yilda «Real Madrid»ga yutqazgandi (1:4).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: «Yuventus» Allegrining jamoadan ketishini e’lon qildi