Professional boksning nufuzli yo‘nalishi sanalgan WBC aperl oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik to‘rt nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.
Super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov (12-0, 4 KO) yangi reytingda bir oy oldingi pog‘onasidan bitta o‘rin yuqorilab, 4-pog‘onaga joylashgan. WBC Silver kamari sohibi bo‘lgan Azizbek yaqin vaqtlar ichida kamarini himoya qilishi shart bo‘ladi.
Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) esa reytingda bir oy oldingi o‘rni — 4 o‘rnini saqlab. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 9-o‘rinlarni egallab turibdi.
WBC reytingidan ilk marta yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi joy oldi. Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO) mazkur reytingda 22-o‘rinda qayd qilingan bo‘lsa, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili Shahram G‘iyosov (8-0, 6 KO) 34-pog‘onadan joy olgan. Ahmadaliyev ayni vaqtda WBA yo‘nalishi reytingida 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov o‘z vaznida 14-pog‘onadan joy olgan.
WBC yo‘nalishi bo‘yicha reytingda o‘zbekistonlik boshqa bokschilar o‘rin olishmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi