
O‘zbekiston chempionatining 9-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Surxon” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Navoiyda bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuv termizliklarning faolligida boshlandi va bu tez orada o‘z samarasini berdi. 19-daqiqada mezbonlar o‘z jarima maydonlarida Abdul Aziz Yusupovni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Natijada belgilangan penaltini Darko Stanoyevich aniq bajardi.
38-daqiqada Yusupov tezlik olgan holda himoyachilarni ortda qoldirdi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg‘ol qildi.
65-daqiqada Salomovning jarimadan uzatgan to‘pini Yusupov boshi bilan darvozaga chiroyli tarzda joylab qo‘ydi. 78-daqiqada maydon egalari Alisher Sanoyevning aniq zarbasidan keyin hisobni qisqartirishdi.
"Qizilqum" - "Surxon" 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 19, penalti Stanoyevich, 0:2 – 38 Yusupov, 0:3 – 63 Yusupov, 1:3 – 78 Sanoyev.
“Qizilqum”: 22. Artyom Makosin, 4. Erkin Boydullayev, 7. Murod Bobojonov, 17. Salim Mustofoyev, 18. Eldor Boymatov, 21. Muhsin Ubaydullayev (Fayzulla Qambarov, 63), 23. Sherali Jo‘rayev (Azizbek Usmonov, 75), 30. Elguja Grigalaishvli, 36. Xurshid Olimov (Alisher Sanoyev, 58), 44. Maqsud Karimov, 99. Medina Smit.
“Surxon”: 1. Asilbek Omonov, 2. Abduqaxxor Xojiakbarov, 5. Ayubxon No‘’monov, 7. Raxmatilla Berdimurodov, 10. Shavkat Salomov (Najmiddin Normurodov, 90+1), 13. Abdul Aziz Yusupov, 14. Ahror Ismoilov, 19. Vladimir Bubanya, 20. Husniddin G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev (Mirzakamol Kamolov, 71), 44. Darko Stanoyevich.
Ogohlantirishlar: Karimov (18), Grigalashvili (30), Mustafoyev (31), Jo‘rayev (63), Xursanov (79). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar