Barselona» yetakchisi Lionel Messi ketma-ket uchinchi mavsumda «Oltin butsa» sovrini sohibiga aylanishi deyarli ma’lum bo‘lib ulgurdi.
Leoning mazkur mukofot uchun raqobatdagi eng yaqin ta’qibchisi Kilian Mbappe juma kuni Fransiya chempionatining so‘nggi tur o‘yinida bitta gol bilan kifoyalandi. Uning 59-daqiqadagi goli jamoasi uchun yagona bo‘lib qoldi – «PSJ» «Reyms» maydonida 1:3 hisobida yengildi.
Qayd etish kerak, Mbappe Fransiya kubogi finalidagi intizomsizligi uchun uchta o‘yinga chetlatilgan, shu bois birinchi divizionning bundan oldingi uchta o‘yinida qatnasha olmagan edi.
Kilian 29 o‘yinda urgan 33ta goli bilan Fransiya chempionati to‘purari bo‘ldi, Messi esa avvalroq La Ligani 34ta uchrashuvdagi 36ta gol bilan yakunlagan edi.
3️⃣6️⃣ goals in @LaLigaEN = #GoldenShoe 18/19
— FC Barcelona (@FCBarcelona) May 24, 2019
???? Congrats, Leo!
????????⚽ pic.twitter.com/Gd7OYIb2zs
Kuchli beshlikda hali yakunlanmagan faqat Italiya chempionati qoldi. A Seriya to‘purari bo‘lib turgan Fabio Kvalyarella 36 o‘yinda 26ta to‘p kiritgan. «Sampdoriya» hujumchisi Messini ortda qoldirish uchun ertaga, yakshanba kuni chempion «Yuventus» darvozasiga 11ta to‘p kiritishi talab etiladi.
Ta’kidlash mumkinki, Lionel Messi qatorasiga uchinchi mavsumda «Oltin butsa»ni yutgan tarixdagi ilk futbolchiga aylanmoqda. Bu uning oltinchi «Soulier d'Or»i bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?